
"UFC249" turniri xavf ostida. Jangchilarning birida koronavirus aniqlandi
Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan 9 maydan 10 mayga o‘tar kechasi AQShda "UFC249" turniri bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo ushbu kecha ishtirokchilaridan biri bo‘lgan braziliyalik Ronaldu Souzada koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Bu haqda "ESPN" jurnalisti Brett Okamoto o‘zining "Twitter" sahifasida yozib qoldirgan.
U yamaykalik Yuraya Xollga qarshi oktagonda jang qilishi kerak edi. Yuzaga kelgan vaziyat tufayli ushbu jang bekor qilindi. Shu bilan birga Okamoto "UFC" prezidenti Dena Uaytning so‘zlarini keltirdi: "Turnir bekor qilinishi kutilmayapti. Chunki, barcha jangchilar, jumladan Souza ham boshqalardan izolyatsiya qilingan edi. Biz yuzlab test o‘tkazdik. Agarda, ularning barchasi manfiy bo‘lsa, g‘alati bo‘lar edi".
Fikrlar