
UFSning ikki yulduzi boks bo‘yicha o‘zaro jang qiladi
UFC o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni braziliyalik Anderson Silva ushbu promoushenning yarimog‘ir vazn divizionining yana bir sobiq chempioni Tito Ortis bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qiladigan bo‘ldi.
Mazkur jang 11 sentyabr kuni Los Anjelas shahrida tashkil qilinadi. Yana bir e’tiborli jihati ushbu oqshomining markaziy to‘qnashuvida “Tilla bola” nomi bilan mashhur sobiq bokschi Oskar De La Xoya hamda UFC promoushening o‘z vaqtidagi yulduzi Vitor Belfort o‘zaro bahs yuritadi.
Silva hamda Ortis o‘rtasidagi jang 88.4 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. Shuningdek ular to‘qnashuvi 8 raunddan iborat bo‘ladi.
Fikrlar