
Ugandaning O‘zbekistondan ustun jihati yoxud finaldagi raqibimiz haqida ma’lumotlar
Uganda terma jamoasi Afrika qit’asida joylashgan. FIFA reytingida 84-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston bilan solishtirganda 1 pog‘ona yuqorida.
Finaldagi raqibimiz 1959 yili Afrika Futbol Konfederatsiyasiga, 1960 yildan FIFAga a’zo bo‘lgan. Jamoaning eng katta yutug‘i – 1978 yili Afrika Millatlar Ligasi finali - kumush medalni qo‘lga kiritgan. Ugandaning O‘zbekistondan ustun jihati mana shu. Ular o‘z qit’asining eng nufusli turnirida ikkinchi o‘rinni olgan. Biz esa esa 2011 yilgi Osiyo Kubogida 4-o‘rinni egallaganmiz.
Buni qarang-ki, Uganda (84-o‘rin) FIFA reytingida terma jamoamiz (85-o‘rin) bilan ketma-ket o‘rinlarda borishi bilan birga, jahon chempionatida hech qachon qatnashmagan. Bundan ortiq o‘xshashlikni yana qaerda topasiz!? O‘xshatmasa uchratmas. Finalga munosib jamoalar, shunday emasmi. Ammo 5 bor o‘z qit’a birinchiligida ishtirok etgan.
O‘zbekiston va Uganda milliy terma jamoalarining transfer narxi qancha? 10 barobarlik tafovut
1926 yil Uganda terma jamoasi ilk uchrashuvini o‘tkazgan. O‘shanda ular Keniya bilan kuch sinashib, durang o‘ynagan - 1:1. Eng yirik g‘alabasi 1932 yili aynan shu jamoaga qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan - 13:1. Eng yirik mag‘lubiyatini esa 1995 yili Misr va 1995 yili Tunis jamoalaridan qabul qilib olgan. Ugandaliklar ushbu ikki jamoadan bir xil - 0:6 hisobida engilgan.
Bu yil Uganda Islandiya (1:1) bilan durang o‘ynadi, Moldovani (3:2) taslim etdi, Iroq (0:1) va Bahraynga (1:3) yutqazdi. Namangandagi “Navruz Cup”da esa Tojikistonni penaltilar seriyasida (5:4) mag‘lubiyatga uchratdi.
Jamoani ayni paytda serbiyalik Milutin Sredoevich boshqarmoqda. 52 yoshli mutaxassis Afrika qit’asi jamoalarida murabbiylik qilgan. Avval ham, ya’ni 2013-2017 yillar Uganda terma jamoasiga ustozlik qilgan. 2021 yildan hozirgi kunga qadar shu termaning murabbiyi sanaladi.
Uganda O‘zbekistondagi qisqa muddatli xalqaro turnirda 24 futbolchi bilan tashrif buyuurgan. Shulardan 10 tasi legioner hisoblanadi.
Quyidagi Uganda terma jamoasining “Navruz Cup” musobaqasi uchun jalb etilgan tarkibi bilan tanishing:
Fikrlar