
Uilyams: "Saudiya maydonlarida harakat qilish haqiqiy sharmandachilik"
Ispaniya Superkubogining yarim final bahsida "Atletik Bilbao" "Barselona"ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Saudiyaning "King Abdullah" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kataloniyaliklar g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng bilbaoliklar hujumchisi Inyaki Uilyams Superkubok o‘yinlari Saudiya maydonlarida o‘tkazilishidan norozi ekanligini ma’lum qildi.
"Bu o‘yinlar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi sharmandalik. Ispaniyadan ming kilometr uzoqda o‘ynashingiz esa ajinarli holat. Agar har bir o‘yin o‘zimizning yurtda bo‘lganida, barcha stadion muxlislar bilan to‘lgan bo‘lar edi" - deya, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ganalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, final bosqichida "ko‘k-anorranglilar" o‘zining azaliy raqibi hisoblangan "Real Madrid"ga qarshi bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 12 yanvar kuni soat 00:00 da o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar