Uilyams va Olmo bilan shartnoma imzolansa, "Barselona"ga ular kerak emas

  • 20 iyul, 2024, 15:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams va "RB Leyptsig" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoni qo‘lga kiritsa, hujumchilar Ansu Fati va Vitor Roke bilan xayrlashish niyatida. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ushbu transferlar amalga oshirilsa, Kataloniya klubi o‘tgan mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida ijara asosida o‘ynagan "Atletiko Madrid" vingeri Joau Feliksni sotib olish g‘oyasidan ham voz kechadi.

Ta’kidlanishicha, "Barsa" Fati va Rokeni sotish orqali hujum chizig‘ida o‘yinchilarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, maosh jamg‘armasidagi harajatlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, OAVda "ko‘k-anorranglilar" Olmoga olti yillik shartnoma taklif qilgani va Uilyamsning agenti bilan muzokara olib borgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
20/07/2024 18:57
Мбапе 1млн еврога тортамикан