Ukraina bugun APL klubiga qarshi "sirli" o‘yin o‘tkazadi!

  • 23.03.2023 20:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukraina terma jamoasi Angliya Premer-ligasi vakili hisoblangan “Brentford” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuv bugun, 23 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Biroq o‘yin yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi bois faqat ikkala jamoa vakillarigina kuzatib borishlari mumkin xolos.

Eslatib o‘tamiz, “Brentford” APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Ukraina terma jamoasi Evro-2024 saralashi doirasida Angliyada tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Ukraina Evro-2024 saralashining “C” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda shuningdek, Angliya, Italiya, Malta va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!