
Ular kelajak yulduziga aylanmoqda
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali pandemiyaga qaramasdan, ishonchli o‘yinlari tufayli yulduzga aylanayotgan va 2020 yilda transfer summasi keskin ko‘tarilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi pog‘onada Bundesliga va Chempionlar ligasi g‘olibi Alfonsa Devis qayd etildi. 19 yoshli futbolchining transferi 49,5 million funtga ko‘tarilib, ayni paytda 72 million funtni tashkil qilmoqda.
Narxi oshgan futbolchilar o‘nligi va ularning transferiga qo‘shilgan summalar bilan tanishing:
- Alfonso Devis, «Bavariya» — 49,50 mln funt qo‘shildi.
- Ansu Fati, «Barselona» — 36 mln.
- Erling Xoland, «Borussiya» D — 31,5 mln.
- Lukas Okampos, «Sevilya» — 22,5 mln.
- Diego Karlos, «Sevilya» — 22,5 mln.
- Renan Lodi, «Atletiko» — 22,5 mln.
- Meyson Grinvud, «Manchester Yunayted» — 22,5 mln.
- Alessandro Bastoni, «Inter» — 19,8 mln.
- Bukayo Saka, «Arsenal» — 19,8 mln.
Fikrlar