Ulug‘bek Baqoev: O‘yin bo‘yicha futbolchilarimga e’tiroz yo‘q. Chetlatish "Bunyodkor" foydasiga ishladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

"Yaxshi o‘yin namoyish etdik. O‘yin bo‘yicha futbolchilarimga e’tiroz yo‘q. Chetlatish «Bunyodkor» foydasiga ishladi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman! Yigitlarga minnatdorlik bildiraman.

Kubok bahslari dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. Jamoa jismoniy tarafdan tayyor bo‘ladimi? Bu ob-havoga bog‘liq bo‘ladi. Yigitlarga sovuq havoda o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi, chunki biz bunga ko‘nikmaganmiz, lekin hammasini vaqt ko‘rsatadi", - deya aytib o‘tdi Ulug‘bek Baqoev .

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!