
Umtiti "Barselona"dan ketishni xohlamayapi
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti jamoadan ketishni xohlamayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Ammo, bundan avvalroq kataloniyaliklar 25 yoshli frantsuzni 70-90 mln evro evaziga sotib, uning o‘rniga “Ayaks”dan Matteys de Ligtni sotib olishni rejalashtirayotganliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan tashqari “ko‘k-anor ranglilar” Umtiti garchi tizzasida jarohati bo‘lsada, jarrohlik amaliyotiga rozilik bermaganidan ham norozi bo‘lishmoqda.
Ma’lumot uchun, Umtitiga “Manchester Yunayted” va “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar