Unai Emeri: Evropa ligasi bu faqat Chempionlar ligasiga yo‘llanma degani emas

  • 9 may, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri bugun"Valensiya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Evropa ligasi yarim final javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu Chempionlar ligasida ishtirok etmayotgan jamoalar uchun juda muhim turnir. Shuningdek EChLdan chiqib ketganlar uchun ham.

Chempionlar ligasiga yo‘l Evropa ligasi orqali – haqli mukofot. Ushbu musobaqa yildan-yilga tomoshabop bo‘lib bormoqda. Biz bu erda "Manchester Yunayted", "Atletiko", "Sevilya" va "Liverpul" kabi jamoalarni ko‘rdik.

Talab yuqori va har bir jamoa ushbu turnirni titul deb hisoblaydi, Chempionlar ligasiga yo‘llanma emas”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan Londondagi bahsda “ko‘rshapalaklar”ni 3:1 hisobida engishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!