Unai Emeri Evropa ligasi finaliga 4 marta chiqqan ilk murabbiyga aylandi

  • 10 may, 2019, 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha "Arsenal" Evropa ligasi yarim final javob bahsida "Valensiya"ni  4:2 hisobida engdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Kanonirlar” ustozi Unai Emeri shu tariqa faoliyati davomida 4-marta Evropa ligasi finaliga chiqdi. E’tiborlisi, ispaniyalik mutaxassis ushbu natijaga erishgan tarixdagi ilk murabbiyga aylandi.

Ma’lumot uchun, Emeri bungacha "Sevilya" (2014, 2015, 2016) bilan birga qatorasiga uch marta Evropa ligasi finalida ishtirok etgan va barchasida g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!