Uni qadrlaymiz, lekin... “Real” Rodri bo‘yicha rejasini o‘zgartirdi

  • 28.03.2026 06:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.

AS nashri xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi” ispan futbolchining mahoratini yuqori baholaydi, ammo yozgi transfer oynasida Rodrini sotib olishga urinib ko‘rmaydi.

Joriy mavsumda Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi 2024 yilda olgan jiddiy jarohatidan tiklanib, yana yuqori sport formasiga qaytishga harakat qilmoqda.

Rodri barcha musobaqalarda “Manchester Siti” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil qiladi.

Ayni paytda “Manchester Siti” rahbariyati Rodri bilan hamkorlikni uzaytirish masalasida kelishib olishga harakat qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!