Zidan hamyurtini "Real"da olib qolmoqchi

  • 16 mart, 2020, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi PSJ darvozaboni Alfons Areolyaning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik darvozabonning harakatlari bosh murabbiy Zinedin Zidanga ma’qul kelgan va aynan u hamyurtini jamoada olib qolish istagini bildirmoqda.

“Real” Areolya evaziga o‘zining ukrainalik darvozaboni Andrey Luninni PSJga berishi mumkin.

Alfons Areolya joriy mavsum “Real”da 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 12 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!