“Universiada” sport o‘yinlari boshlanmoqda
Joriy yilning 23 yanvar kunidan boshlab, yurtimiz talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining respublika final bosqichiga start beriladi.
Xususan, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahri mezbonligida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Qayd etish lozim, 2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga o‘tkazildi. Ya’ni joriy yildan e’tiboran “Universiada” sport o‘yinlari Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi.

Fikrlar