
"Uotford" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
Frantsiyaning "Renn" klubi vingeri Ismoil Sarr faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 21 yoshli senegallik futbolchi “Uotford” bilan shartnoma imzoladi. Ushbu transfer ingliz klubiga 35 mln evroga tushdi. E’tiborlisi, bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sarr “Renn” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu jamoada 77ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Senegal terma jamoasi safida esa 21ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Fikrlar