Ushbu haftada, Evrokuboklarda ruslarning 4 ta klubidan 3 tasi mag‘lubiyatga uchradi

Kuni kecha Evropa Chempionlar Ligasining 3-turi yakuniga etgan edi. Bugun esa Evropa Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahslar o‘z nihoyasiga etdi.

Ushbu Evrokuboklarda Rossiyaning 4 ta klubi bahslarni o‘tkazdi va ularning 3 tasi mag‘lubiyatga uchradi.

Evropa Ligasi doirasida Turkiyaning "Trabzonspor" klubi mehmoni bo‘lgan "Krasnodar" 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

TsSKA klubi esa Moskvada "Ferentsvarosh" jamoasini qabul qilib, kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Chempionlar Ligasi doirasida esa "Zenit" jamoasi "Leyptsig" (1:2) ga yutqazgan bo‘lsa, Moskvaning "Lokomotiv" klubi Dibalaning dubli evaziga "Yuventus" (1:2) ga imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!