Ushbu yozgi transferlar oynasining eng yorqin ekrin agentlari yoxud e’tibordan chetda qolgan o‘z davrining eng zo‘rlari

  • 26 avgust, 2024, 17:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasi bir necha kundan so‘ng yopiladi. Bir necha klublar maqsad qilgan transferlarini qo‘lga kiritib ulgurishdi. Biroq, paytida o‘z pozitsiyasining eng zo‘rlari bo‘lgan futbolchilar hech qaysi jamoaga kerakmasdek.

Tecno

 David De Xea va Marko Roys yangi jamoalar topishdi, ammo transfer oynasi oxiriga kelib, bozorda hali ham ko‘plab yuqori darajadagi o‘yinchilar bor, ularni tekinga olish mumkin. 

Adrien Rabo, 29 yosh

"Yuventus"da besh yillik faoliyatidan so‘ng Rabo va uning onasi shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishmadi. Turinliklar har mavsum uchun etti million evrodan ko‘proq maosh taklif qilishdi. Biroq frantsuz bunga javob bermadi.

"L’Equipe" nashrining yozishicha, "Bavariya", "Inter" va "Atletiko" futbolchi bilan bog‘langan, ammo shartlar bo‘yicha kelisha olishmagan.

Mario Ermoso, 29 yosh

Klubdagi besh yillikdan so‘ng yana bir ketish - bu safar "Atletiko"dan. Tomonlar maosh borasida kelisha olishmagan, shu bois asosiy himoyachi faoliyatini boshqa jamoada, hattoki boshqa ligada davom ettirishi mumkin edi. Avvalroq, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Napoli" va "Inter" klublari qiziqish bildirgan.

Delle Alli (28) va Andre Gomesh (31)

"Everton" ikkalasi bilan ham xayrlashdi. Alli yorqin startdan so‘ng pasayishda davom etmoqda. 

Antoni Marsyal, 28 yosh

MYudagi to‘qqiz yillikdan so‘ng, Marsyal to‘qqizinchi raqamni bo‘shatdi. "Atalanta" va "Komo"dan, shuningdek, Frantsiya va Turkiyadan futbolchiga qiziqish bo‘lgan.

Memfis Depay, 30 yosh

"Evro-2024" yarim finalchisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin edi. Gollandiyalikning agenti mijozini "Milan" va "Inter"ga taklif qilgan. Biroq, yiliga 5 million evro maosh juda yuqori deb hisoblangan.

Ben-Yedder, 34 yosh

Ben-Yedder "Monako"da besh yil ichida 118 ta gol urdi - bu klub tarixidagi ikkinchi eng ko‘p gol muallifi. U ketganidan keyin 10-raqam va sardorlik bog‘ichlari Aleksandr Golovinga nasib etdi.

Joel Matip, 33 yosh

Kamerunlik futbolchi faoliyatini "Liverpul"da Yurgen Klopp bilan birga o‘tkazdi. Futbolchi 2016 yil fevralida uning ilk xaridlaridan biriga aylandi va faqat shu yozda jamoani tark etdi.

Voychex Shchesni 34

"Yuventus"dan ketganidan so‘ng "Al-Nassr" va "Monza" darvozabon bilan bog‘lanishgan.

Jurnalist Janluka Di Martsioning fikricha, Shchesniga munosib taklif tushmasa, posbon faoliyatini yakunlashi mumkin.

Markos Alonso, 33 yosh

"Barsa" va "Chelsi"ning sobiq himoyachisi nomzodi "Manchester Yunayted"da muhokama qilingan, ammo qiziqish hali bundan nariga o‘tmagan.

Erik-Maksim Shupo-Moting, 35 yosh

Kamerunlik futbolchi "Bavariya"da to‘rt mavsum o‘tkazdi, ammo hujumda hech qachon birinchi tanlov bo‘lmadi.

Mats Xummels, 35 yosh

Dortmunddagi 13 yillik faoliyatidan so‘ng nemis futbolchisi hali ham kuchayib bormoqda va bu yozda hatto "Real" ham qiziqish uyg‘otdi. "Sosedad", "Malorka", "Brayton" va "Vest Xem" da’vogarlar qatorida.

Xummels tanlovga ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Balki Mats yakunda faoliyatini yakunlashga qaror qilishi mumkin.

Serxio Ramos, 38 yosh

O‘z davrining eng zo‘r himoyachisi "Sevilya"dan ketganidan keyin faqat ikkita yo‘l qolgan bo‘lsa kerak: MLS yoki Saudiya Arabistoni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!