Usik: "IBF kamarini 2024 yil sovg‘asi sifatida sizlarga beraman"

  • 27.06.2024 09:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik IBF chempionlik kamaridan voz kechishga qaror qildi. Bu haqida Aleksandr o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirgan videosida ma’lum qildi.

Tecno

 "Hammaga salom. Entoni va Daniel, tinglang, men IBF kamari siz uchun muhimligini bilaman. Keling, buni sizlar uchun 21 sentabrdagi sovg‘am deylik. Hammasi uchun Yaratganga shukur. Ukrainaga shon-sharaflar bo‘lsin", - deydi Usik videoda.

 Bundan tashqari, u postga quyidagi so‘zlarni qo‘shib qo‘ydi:

"IBF kamari 21.09.2024 yil uchun sizga sovg‘am. Dunyo kuchlilarni sevadi. Sizning do‘stingiz va mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!