Usman Nurmagomedov: "Ikki million dollarlik taklifdan voz kechdim"

  • 28.08.2026 14:06
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik MMA ustasi Usman Nurmagomedov PFL ligasi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Sportchining aytishicha, hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan va 90 kunlik muddat tugagach, vaziyatga yana oydinlik kiritiladi.

"Menga PFL tomonidan bitta jangim uchun 2 million dollarlik taklif bo‘lgan. Biroq buni qabul qilmagandim. Boisi biz shartnoma so‘roviga undandan kattaroq raqamlarni yozgandik. Hozir barcha muzokaralarni Ali Abdel-Aziz olib bormoqda. Men bu jarayonga aralashmayman va uning qanday taklif bilan kelishini kutaman", — dedi Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!