Usmon Toshev Tojikiston futboli rahbarlariga hisobot berdi

  • 3 aprel, 2020, 06:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston futbol federatsiyasining ofisida mamlakat terma jamoalari ustozlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TFFning rasmiy sayti xabar bermoqda. Unda turli yoshdagi terma jamoalarning birinchi kvartalda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Tecno

Yig‘ilishda Tojikiston futbol federatsiyasining bosh kotibi Davlatmand Islomov, texnik direktor Salohiddin G‘ofurov, shuningdek, Tojikistonning turli yoshlardagi terma jamoalarining bosh murabbiylari qatnashishdi.

Yig‘ilish chog‘ida Usmon Toshev (Tojikiston milliy terma jamoasi ustozi), Mubin Ergashev (U-19 bosh murabbiyi), Axliddin Turdiev (U-16 bosh murabbiyi), Zayniddin Rahimov (U-14 bosh murabbiy)larning hisobotlari tinglandi. Majlis tugaganidan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari ish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!