
Vadim Abramov 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng ham nega xursand bo‘lmadi?
O‘zbekiston hamda Yaman terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning dastlabki qismida terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi va uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Vaziyat og‘ir edi va g‘alaba qozonishimiz talab etilar edi. Barchamiz mas’uliyatni his qilgan holda natijaga erishdik. Hisob menimcha o‘yinga hos bo‘ldi.
5:0 meni tinchlantira olmaydi. Kayfiyatim? Bu yoshda eyforiyaga berilish ham biroz g‘alati bo‘ladi. Yirik g‘alabaga qaramasdan, xatolarimizni ko‘ra oldim va buning ustida ishlaymiz", - dedi Abramov.
Fikrlar