Vadim Abramov: Har 3 kunda maydonga tushish? Men buni to‘g‘ri deb o‘ylayman

  • 24 noyabr, 2019, 20:27
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

Tecno

"Bugun kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Nazarimda bugungi bahs muxlislarga ham ma’qul bo‘ldi. «Navbahor» jiddiy raqib! Biz anchadan beri g‘alaba qozonmagan edik. Shu bois futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi. O‘yinni juda yaxshi boshladik. Dastlabki 15 daqiqada ustunlik qildik. Keyin individual xatolar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim uchun yigitlarga rahmat! Maydonga tushishdi, xotirjam harakat qilishdi va gol urishdi. Raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun boshqa imkoniyatlarimiz ham bo‘ldi. Fikrimcha, bugun biz g‘alabaga yaqinroq edik.

«Paxtakor»ni mag‘lub etishga harakat qilamiz. Chunki hozir bizga g‘alaba har doimgidan-da, ko‘proq kerak. «Paxtakor» barcha sovrinlarini qo‘lga kiritib bo‘ldi. O‘ylashimcha, qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Yigitlar bu bahsga munosib ravishda tayyorgarlik ko‘rishadi va chempionni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatni ishga solishadi.

Muxlislarni stadionga qaytarish uchun nima qilish kerak? Fikrimcha, uchrashuvlarning reklamasini ko‘paytirish, ko‘chalardagi afishalar sonini oshirishimiz lozim. Menimcha, shu jihat ishqibozlarni stadionga qaytishiga kamlik qilyapti. Boisi, jamoalar chiroyli, muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish qilmoqda. Lekin uchrashuvlar qachon o‘tkazilayotganini ayrim holatlarda biz ham bila olmay qolyapmiz.

Har uch kunda maydonga tushayotganimizni tabiiy va to‘g‘ri deb qabul qilaman. Jahon futboli buni to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Aksincha, biz chempionatda kam maydonga tushyapmiz. Mashg‘ulotlar mayli, futbolchilar uchrashuvlarda maydonga tushish orqali o‘sadi", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
24/11/2019 20:53
Термага БОШ МУРАБИЙ булмаганда хар кун уфф билан уришарди энди уйини кутинни ялаяпти ХА келишмасанг шунака келишсанг пидираз хакамлар хам сан томонда бугун мана кайдаги огзидан сути кетманаган сутакни навбахорга карши Уфф куйиб берди хеч ким танимайдиган иккита 290% лик ПЕНАЛТИ бермади лекин навбахорга куйберди ИНСОФ узинга берсин ХЕЧ КАЧОН ФУТБОЛ ривожланмайди бунакада
&
USMANOV_82
24/11/2019 23:00
Хафа булманглар-у, бунака ифлос уйинлардан кейин МТЖ ни жахон чемпионатига чикиши биз учун армон булиб колаверади. Хуллас пазор Эрматов!!!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/11/2019 21:42
Sayt hodimlari kecha nasaf uynadi. Ruzi akani matbuyati. bu turdan keyin chiqadimi. Keyin sayt hodimlari uyinlari hammasini kurib chiqib tahlil qilib sudiyalarni. ishini hamma gapirapti. Ravshan akamiz bilan bir savol javob qilib kuringla qani. Kecha Nasafni shunchaki sudiya ustidan kulib. magzava ogdardi bechora yoshla akalariga gapirib ham ololmadi.
&
Shoxrux MTJ
24/11/2019 20:36
Abramov 100 % xaq.. Yevropada xar 3 kunda maydonga tushadi va shuning uchun xam jismonan baquvvat.. Odam xar kuni yugursa u bilinmaydi.. Lekin 1 xaftada 1 marta yuguradigan bolsa xarsirab tez charchab qoladi.. Buni keyingi yilam qollab xar 3 kunda oyin otkazish lozim..