
Vadim Abramov Iroq va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Suyunovni chaqirmadi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha, milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig‘in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.
6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig‘iladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a’zolari yig‘ilgach, 9 noyabr kuni tongda O‘zbekiston MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo‘l oladi.
Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o‘tkaziladi.
Fikrlar