
Vadim Abramov: Vaziyatlar yarata olmaslik tajriba bilan bog‘liq
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg‘ochlar" ustozi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Buxoro" bilan bunday holat 1 yil avval ham sodir bo‘lgandi. Balki, tezkor gol bizning zararimizga ishlagandir.
Nurillo To‘xtasinovning pozitsiyasida terma jamoada kuchliroq futbolchilar to‘p suradi, raqobat katta. Hozircha, katta tanlov imkoniyati bor. Ammo u ham nomzodlar qatorida bor.
Vaziyatlar yarata olmaslik va ulardan foydalana bilmaslik tajriba bilan bog‘liq jarayon. Yosh futbolchilarda tajriba etishmagani sababli imkoniyatlar kam yaratilmoqda.
Fikrlar