Vadim Abramov: Xatto "Manchester Siti"da ham bizdagidek muammo bor

  • 09.11.2019 19:42
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasida kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

Tecno

- Yaxshi bellashuv bo‘ldi. 6 ta futbolchini almashtirib, ko‘pchilikni sinovdan o‘tkazdim. Ularning imkoniyatlarini ko‘rdim. Endi keyingi uchrashuvga tiklanishimiz lozim.

Hamma jamoa ham raqibdan kelib chiqib harakat qiladi, ya’ni imkoniyat boricha hujum qiladi. Biz ham ko‘plab hujumlar qildik, gol ham o‘tkazib yubordik. Ko‘plab hujum qiladigan va gol o‘tkazmaydigan jamoa bo‘lmasa kerak. Hatto "Manchester Siti"da ham huddi bizdagidek muammo bor. Bizda Van Deyk yo‘q. Braziliya qancha xohlasa shuncha uradi. Biz Braziliya emasmiz, lekin harakatdamiz.

Odil Ahmedov himoyada sinab ko‘rildi. Balki u Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda o‘ynamasligi ham mumkin. Bu eksperiment edi xolos, - dedi Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
10/11/2019 10:52
Ким яхши уйнайди,ким ёмон буни Абрамов хал килади ва жавоб беради,айтмокдаку Саудия билан уйинда хатто кария Одил Ахмедов хам уйнамаслиги мумкин.
&
Shoxrux MTJ
09/11/2019 21:47
Sergeyevout... Giyosovout... Xolmurodovout..
&
JASUR3838
09/11/2019 20:49
Zur uyin rahmat bollaga qurqmasdan uynasa bularkanku malatsi.
&
Surxon turon
09/11/2019 19:54
Ер юзида хужумчилар қирилиб кетган бӯлсаям игир сергейипти термага яқинлаштирмаслик керак
Jasur Mamataliyev
09/11/2019 23:11
Сергеев хоз анча узгарган бугун яхши уйнади, охирги пайтларда жуда яхши уйнаяпти иккинчи каватда доим устун келади бош билан яхши уйнайди пахтакорни ғалабаларида хам хиссаси катта