Vadim Abramov: "Yaxshi sparring raqib bo‘ldi. Aynan shunday o‘yinlar uchun ham shu yerdamiz"
«Dinamo» - «Qaysar» (3:1) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin klub matbuot xizmati samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdi.
«Yaxshi sparring raqib boʻldi, aynan shunday oʻyinlar uchun ham shu yerdamiz. Yigitlar ikkinchi boʻlimda yaxshi harakat qilib, oʻz ishlarini qilishdi. Bu menga yoqdi. Ehtimol, ilk daqiqadayoq gol urganimiz sabab raqibning kuchiga toʻgʻri baho bera olmadik. Ikkinchi boʻlim nazoratimiz ostida oʻtdi.
Yangi oʻyinchilar haqida? Maydonga tushgan har bir futbolchi oʻziga bildirgan ishonchni oqladi, deyish mumkin. Oʻylaymanki, legionerlar borasida toʻgʻri tanlov qildik. Ularning ayrimlari hali sport formasida emas, ammo harakatidanoq ular oʻynay olishini sezish mumkin», - dedi Vadim Karlenovich Qozogʻiston klubi ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalabadan keyin.
Fikrlar