
Vadim Abramovning yordamchisi MTJdan ketadimi?
Xabaringiz bor, yaqindagina Temur Kapadze O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bilasiz, Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramovga yordam berardi.
Temur Kapadze saytimizga bergan intervyusida kelajagi, yangi ish o‘rni va MTJdagi faoliyatini davom ettirishini aytib o‘tdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasida va yoshlar terma jamoasida parallel ravishda ishlayveraman. Men milliy termada yordamchiman. Biz reja tuzamiz va taqvimga qarab ish ko‘ramiz. O‘ylaymanki, ikkala termada ishlashim muammo tug‘dirmaydi. Yoshlar termasi bilan qachon va qaerda yig‘inlar o‘tkazish borasida ishlar olib borilyapti, - dedi Kapadze.
Intervyuning to‘liq shakli bilan quyida tanishishingiz mumkin >>>>>
Fikrlar