"Valensiya" 1 kishi kam bo‘lib qolgan raqibini mag‘lub etolmadi

Ispaniya La Ligasining 28-turida "Valensiya" klubi o‘z maydonida "Levante"ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 74-daqiqasida mehmonlar a’zosi Rojer maydondan chetlatildi. 89-daqiqaga kelib, mezbonlar hisobni ochishga erishishdi, ammo qo‘shimcha daqiqalarning so‘nggi soniyalarida "Levante" futbolchisi Melero muvozanatni tikladi va jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!