"Valensiya" to‘purari A Seriya grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

  • 06.07.2019 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Valensiya" hujumchisi Rodrigo Moreno "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda agar neapolliklar PSV vingeri Irving Losanoni qo‘lga kirita olishmasa, bor e’tiborlarini aynan Ispaniya terma jamoasi forvardiga qaratishadi. A Seriya klubi xatto ushbu ehtimoliy transfer masalasida “ko‘rshapalaklar” rahbariyati bilan ham bog‘lanishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Napoli" shuningdek Mauro Ikardi ("Inter") va Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") kabi hujumchilar uchun kurashda ham ishtirko etmoqda.

Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Valensiya” safida jami 51ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!