Valverde: "Barselona" prezidenti menga ishonadi

  • 14.05.2019 08:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa prezidenti Xosep Bartomeu uni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

“Men Bartomeu bilan gaplashdim va uning xuddi klubdagilar kabi menga ishonchini sezdim.

Bunday natijalardan so‘ng ko‘plab mish-mishlar bo‘lishini tushunaman. Ammo, biz vaziyatga yosh bolalarcha munosabat bildirmasligimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Valverde boshchiligidagi jamoa bu mavsum La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritdi, bundan tashqari Ispaniya kubogi finaliga chiqdi. Biroq, EChL yarim finalida “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!