Valverde "Chelsi" bilan o‘yin natijasidan mamnun

  • 21 fevral, 2018, 08:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Chelsi”ga qarshi (1:1) kechgan EChL nimchorak final dastlabki o‘yin natijasidan mamnun ekanini yashirmadi.

“O‘yin natijasini ijobiy baholayman. Biz ikki uslub, ikki turli jamoa to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Biz o‘yin tizginini ushlab, to‘pni nazorat qilgandik. Raqib qarshi hujumga e’tibor qaratdi va yaxshi himoyalandi.

“Chelsi” hisobni ochgunga qadar vaziyatni nazorat qilib turgan edik. Lekin etarlicha xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Shunga qaramay, mezbonlarni xato qilishga majbur qildik va hisobni tenglashtirdik”, – dedi Valverde.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!