
Valverde: "Real Sosedad" maydonida g‘alaba qozonish juda qiyinligini bilardik
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha "Real Sosedad"ga (1:2) qarshi safarda bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“O‘yin ancha og‘ir kechdi. Ko‘p ter to‘kishimizga to‘g‘ri keldi. Uchrashuvda his-hayajonga boy vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Biz tavakkal qildik va natijada qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Ammo shundan so‘ng ham biz bosimni yanada oshirdik va raqibni o‘ynashga majbur qildik. Bugun barcha futbolchilar o‘z vazifalarini to‘liq bajarishdi. Bu erda g‘alaba qozonish juda qiyin. Buni o‘tgan mavsumdayoq bilganmiz. Shu bois bugungi qo‘lga kiritilgan uch ochko juda muhim ahamiyatga ega”, - deydi Valverde.
Fikrlar