Valverde: "Vinisius penal'tini men tepishimni taklif qilgandi"
"Real" yarim himoyachisi Federico Valverde Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o‘yinda (3:0) Vinisius Juniyor unga penalti tepishni taklif qilganini tasdiqladi.
56-daqiqada "Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma o‘z jarima maydonida Vinisiusni yiqitdi. Bosh hakam Mauritsio Mariani penalti belgiladi. Braziliyalik futbolchi zarbani o‘zi bajardi, ammo italyalik darvozabonni mag‘lub eta olmadi.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi futbolchisi birinchi bo‘limda xet-trik qayd etgan Valverde penalatini tepishini taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq urugvaylik yarim himoyachi bu taklifni rad etgan.
"Vini mendan penalti tepishni xohlaymanmi, deb so‘radi. Vini — “Real” afsonasi va ajoyib do‘st. Men va boshqa futbolchilar unga o‘zi tepishini aytdik.
Xatolar bo‘lib turadi — bu futbolning bir qismi", — dedi Valverde "TNT Sports" efirida.
Fikrlar