Valverde Vinisiusga nisbatan bo‘lgan irqchilikka izoh berdi

  • 18.02.2026 03:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Benfika" — "Real Madrid" (0:1) uchrashuvi janjallarga boy o‘tdi. Federico Valverde Vinisius Juniyorga nisbatan irqchilik hamda Prestiani bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi.

"Biz aniq nima deyilganini bilmaymiz. Ammo yonimda turgan barcha jamoadoshlarimning aytishicha, juda yoqimsiz so‘zlar ishlatilgan. Bunday holatlarga qarshi kurashayotganlar ko‘p, Vinisius ham ulardan biri.

Afsuski, shuncha kamera bo‘lishiga qaramay, aytilgan so‘zlar yozib olinmadi. Men Vinisius bilan faxrlanaman — ham uning o‘yini, ham pozitsiyasi bilan.

Haqorat — juda jiddiy masala. Bunday holatlar avval ham ko‘p bor sodir bo‘lgan. Jamoadosh sifatida biz Vinisiusni qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Birorta kamera bu epizodni qayd etmaganiga ishonishim qiyin", — dedi  yarim himoyachisi Movistar efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!