Van Deyk Gakponi qo‘llab-quvvatladi: "Futboldan ham muhimroq narsalar bor"
Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk hamyurti Kodi Gakponing oilasida yuz bergan fojiyaga munosabat bildirdi.
⠀
Avvalroq "Liverpul" hujumchisining turmush o‘rtog‘i Noa van der Bey ikkinchi farzandiga homiladorlik vaqtida bolasidan ayrilganini ma’lum qilgan edi.
⠀
"Bu haqida qo‘shimcha ma’lumotim yo‘q. Bunday holatni hech kim boshidan o‘tkazishni istamaydi.
⠀
Kodi bu sinovdan o‘ta oladi. U juda yetuk inson. Men uning, Noaning va ularning oilasi bu og‘ir vaziyatni qanday engib o‘tayotganiga katta hurmat bilan qarayman.
⠀
Hozir eng muhimi — Kodini qo‘llab-quvvatlash. Bu juda achinarli voqea. Shunday paytlarda futbol ikkinchi darajaga tushib qolishini, hayotda undan ham muhimroq narsalar borligini yana bir bor anglaysan. Hech kimga bunday sinovni tilamayman.
⠀
Kodi Jahon chempionatida o‘ynashni davom ettirishni xohlayapti. U bu vaziyatga juda kattalarcha munosabat bildirdi", — dedi van Deyk matbuot anjumanida.

Fikrlar