Van Deyk: "Saloҳ ketgach, uning qadri yanada bilinaди"

  • 20.04.2026 13:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpool" himoyachisi Virjil van Deyk jamoadoshi Muhammad Salohning klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, misrlik hujumchi joriy mavsum yakunlangandan so'ng mersisaydliklar safini tark etadi.

"Saloh jamoa uchun ham maydonda, ham maydon tashqarisida juda muhim. Ba'zan futbolchilarning qadri ular ketganidan keyin yanada yaxshi anglanadi. U ajoyib jamoadosh, biz u bilan birga ko'plab quvonchli va qiyin paytlarni boshdan kechirdik. Premyer-ligadagi qolgan o'yinlarda ham uning yordami bizga juda kerak bo'ladi", — dedi niderlandiyalik himoyachi.

Ma'lumot uchun, Muhammad Saloh 2017 yil yozidan buyon "Liverpool" safida to'p surib kelmoqda. 33 yoshli futbolchining bozordagi qiymati taxminan 30 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!