Varan faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

  • 23.11.2023 22:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan klubni tark etish ehtimoli mavjud. Uning keyingi manzili esa Bundesliga bo‘lishi mumkin. 

"Sky Sports" nashri xabar berishicha, frantsiyalik futbolchiga "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo uning maoshi tufayli nemislar biroz ikkilanmoqda. Varanga myunxenliklardan tashqari Saudiyaning ham bir nechta klublari taklif tayyorlamoqda. 

Ma’lumot uchun, 30 yoshli himoyachining "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. U ushbu mavsum "qizil iblislar" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!