Varan: "Manchester Yunayted" "Man Siti" va "Liverpul" kabi jamoalarni mag‘lub etishi shart

  • 30.09.2022 12:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan Manchester derbisi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qizil iblislar” 2 oktyabr kuni APL doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi.

“Raqobat ruhi birinchi navbatda muxlislardan bizga o‘tadi. Ular uchun bu juda muhim va futbolchilar ularning qadriyatlarini hurmat qiladi. O‘z muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz, shuning uchun “Manchester Yunayted” eng yaxshilarga qarshi kurashishi, hatto “Manchester Siti” va “Liverpul” kabi jamoalarga qarshi o‘yinda ham g‘alaba qozonishi kerak”, — deya 29 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirdi "L'Equipe".

“Manchester Siti” etti turdan keyin 17 ochkoga ega. “Yunayted” esa bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda hamshaharidan besh ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!