Varan Mbappeni "Real"ga chorlamoqda

  • 13.03.2020 01:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan PSJdagi hamyurti Kilian Mbappeni doim Madridga chorlashini aytdi.

“Bu mavsum u Parijda qoladi. Ammo kelasi yil nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men u bilan suhbatda har doim “Real” haqida ijobiy fikrlar bildirganman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Bundan avvalroq Mbappening transferi “Real”ga 300 mln evrodan kamiga tushmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!