
Vasiliy Lomachenko - Teofimo Lopes jangining sanasi yana o‘zgardi
Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o‘rtasidagi uzoq kutilgan engil vazndagi mutloq chempionlik jangi sanasi yana o‘zgarish arafasida.
Dastlab, ushbu jang 30 may kuni Nyu-Yorkdagi “Medison-Skver-Garden” arenasida bo‘lib o‘tishi reja qilingan, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 19 sentyabrga ko‘chirilgandi. Jang, katta ehtimol bilan sentyabr oyida ham bo‘lmaydi. Chunki, “Top Rank” rahbari Bob Arum “Boxingscene” saytiga bergan intervyusida Lomachenko - Lopes qarama-qarshiligi 3 oktyabrda bo‘lib o‘tishi haqida aytib o‘tgan.
"Loma - Lopes to‘qnashuvini 19 sentyabrga mo‘ljallagan edik. Ammo, ushbu jangni PPV (pullik translyatsiya) sifatida 3 oktyabrga ko‘chirmoqchimiz. Nevadada tezlik bilan tarqayotgan virus sabab, biz boks oqshomini bu muddatda cheklangan tomoshabinlar bilan ham o‘tkaza olmaymiz. Agar, ruxsat berilsa, ushbu to‘qnashuvni 2000 yoki 2,500 tomoshabin ko‘z o‘ngida o‘tkazmoqchimiz”, - dedi Arum.
Fikrlar