Vasiliy Lomachenko: " Saul Alvares Beterbiev va Bivol bilan jang qilmaydi"

  • 21 noyabr, 2019, 14:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vasiliy Lomachenko Saul Alvares va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

“Rostini aytsam, men natijadan hayron bo‘lmadim. Chunki buni avval ham aytganman. Sergey faoliyatining so‘nggi bosqichida, shuning uchun u hozirda pul ishlab olmoqda.

Yosh ham o‘tib bormoqda. To‘g‘risi, "Kanelo" avvalroq Kovalyovni nokautga uchratadi deb o‘ylagandim. Lekin Sergey olti raund yaxshi jang o‘tkazdi. Keyin jismoniy chidamlilik borasida muammolar paydo bo‘ldi.

Shuning uchun, sakkizinchi raundda jang tugaydi deb o‘yladim. Ammo, Sergey juda yaxshi harakat qildi. U va uning jamoasi jang uchun yaxshi taktika ishlab chiqdilar.

"Kanelo" Beterbiev va Bivol bilan jang qilmaydi. U Kovalyovni raqib sifatida tanladi, Chunki u o‘zining barcha imkoniyatlarini namoyish etib bo‘lgandi”, - dedi Lomachenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!