
Vasiliy Lomachenko Jervonta Devis bilan jangdan bosh tortdimi?
Engil vazn toifasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (18-3, 12 KO) faoliyatida tanaffus oldi. Shu bois, hozircha u WBA chempioni Jervonta Devis (30-0, 28 KO) bilan ringga chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqida ukrainalikning menejeri Egis Klimas ma’lum qildi.
"Hozir Lomachenkoning kayfiyat va motivatsiya yo‘q. Siz unga millionlab dollar taklif qilishingiz mumkin, ammo Vasiliyda motivatsiya bo‘lmasa, u jang qilishga tayyorlana olmaydi. U dam olib, oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlamoqda", - deya boks sharhlovchisi Stiv Kim X ijtimoiy tarmog‘ida Klimasning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lomachenko so‘nggi jangida Jorj Kambososni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar