
Vaskes faoliyatini "Bayer"da davom ettiradi
"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Lukas Vaskes "Bayer" jamoasi a’zosiga aylanadi. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Bayer" allaqachon futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Bundan tashqari, tibbiy ko‘rik ham o‘tkazilgan.
Iyul oyida 34 yoshli futbolchi 23 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Madrid klubini tark etib, erkin agentga aylangan edi.
Shartnoma imzolanganligi haqidagi rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.
Fikrlar