
Vatan uchun qanday o‘ynashni biladigan futbolchilar!
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, faoliyati davomida klublar miqyosida uncha yuqori darajada o‘ynay olmaydigan, ammo milliy terma jamoaga kelganda umuman boshqa darajali futbolchiga aylanib oladigan yulduzlar bor. Bugun sizlar bilan ana shu xususida so‘z yuritamiz.
Gilermo Ochoa
Bu darvozabon xususida aslida ortiqcha to‘xtalib o‘tishga xojat yo‘q. Meksikada uni Rafael Markes singari qadrlashadi. Hattoki, afsona darajasida xurmat qilishadi. Bunga albatta etarlicha sabablar bor. Garchi u klublar miqyosidagi faoliyati bilan maqtana olmasa ham, terma jamoaga kelganda vatan jamoasi sharafini ximoya qilish - umuman boshqa narsa ekanligini his qilib maydonga chiqadi. To‘g‘ri, u ham xatolardan yuz foiz holi emas. Kezi kelganda qo‘pol va yosh bolalarcha xatolar qilib turadi. Biroq mamlakat bosh jamoasi safida o‘tkazgan 135 uchrashuvi ham uni xalqaro miqyosda qanday darvozabon ekanligini yaqqol ifoda etib turibdi.
Martin Kaseres
Urugvay terma jamoasining Forlan, Suares, Kavani kabi yulduzlari fonida uncha xam ko‘p eslanavermaydigan ximoyachi hozir ham katta futbolda va proffesional faoliyatini okean ortida - AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” safida olib boryapti. Hozirda 37 yoshni qarshi olgan faxriy hamon millionlar o‘yinidan zavq olishda davom etmoqda. 116 ta o‘tkazilgan uchrashuv bilan Kaseres terma jamoa tarixida eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan o‘yinchilar orasida 6-o‘rinni band etib turibdi. U hali xalqaro faoliyatini yakunlaganicha yo‘q. Ammo Oskar Tabaresdan keyin tayinlangan biror murabbiy uni Urugvay milliy jamoasiga jalb etmadi. Shunday bo‘lsa-da, faol muxlislar vaqti-vaqti bilan uni yodga olib turishadi.
Jerdan Shakiri
Shakiri mazkur ro‘yxatimizdagi shubhasiz eng taniqli va iqtidori deyarli xech qaysi klubida u qadar qadrlanmagan futbolchilardan biri. Shveytsariya terma jamoasida u xattoki, afsonaviy Shtefan Lixtshtayner bilan bir qatorda e’tirof etiladi. Shaxsan men uni Lixtshtaynerdanda yaxshiroq ekanligiga ishonchim komil. U hattoki, Ronaldu va Messi ham orzu qiladigan rekord soxibi. Ya’ni Shakiri 6 ta katta turnirlarda gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi. Bu rekordni ortda qolgan "Evro 2024"da faqat Ronaldu yangilashi mumkin edi. Lekin portugaliyalik superyulduz turnirni golsiz yakunlandi. Demak, rekordning amaldagi egasi o‘zgarishsiz qoldi. Bir necha kun avval Jerdan Shakiri terma jamoadagi faoliyatini yakunlanganini rasman e’lon qildi. Millat libosi ostidagi ajoyib karera. Shunday emasmi?
Miroslav Kloze
Jaxon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishiga qaramay? afsonaviy Kloze xam mana shu ro‘yxatda bor. Germaniya milliy terma jamoasining hujum chizig‘i deganda aynan shu insonni tasavvur qiladiganlarni klassik futbol tomoshabinlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U mundiallarda 16 ta gol kiritib, eng yaxshi to‘purar maqomida bo‘lsa ham, klublar miqyosida aytarli maqtanadigan natijalari yo‘q. Sababi, kimsan “Bavariya”dek jamoadagi to‘rt yillik faoliyati davomida atigi 24 ta gol hujumchi uchun juda kam. Keyinchalik u “Latsio”da besh mavsum o‘ynadi. Ammo bu erda xam bor salohiyatini namoyon eta olmadi. Yakunda Miroslav 5 yil ichida raqiblari darvozasini 54 bor ishg‘ol etdi. Bu xar bir mavsumga o‘rtacha 11 ta ham gol kiritilmadi degani. Oxiri bariga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lgan Kloze shu erda butsalarini “mixga ilishga” qaror qildi. Ammo klublar safidagi no‘noq ko‘rsatkichlari ham uni yuqori darajadagi futbolchi ekanligiga umuman soya sola olmaydi.
Hames Rodriges
Xuddi Jerdan Shakiri kabi bu ro‘yxatdagi eng mashxur va o‘zidagi bor iqtidorni etarlicha namoyon eta olmagan yana bir nom. Hamesga eng katta mashhurlik va shon-shuhratni keltirgan 2014 yilgi Jahon chempionati hisoblanadi. Kolumbiyalik xavbek undan avval xam bir qancha turnirlarda qatnashgan, ammo Braziliyadagi mundialda u o‘zining haqiqiy potentsialini namoyish eta bilgandi. 6 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Yil yakunlariga ko‘ra esa FIFA an’naviy 11 kishilik ramziy jamoasiga ham kirishga muvaffaq bo‘lgandi. Jahon chempionatidagi o‘sha mashhur fantastik goli unga "Pushkash" sovrinini ham taqdim qilgandi.
“Real Madrid”ga o‘tish esa uning faoliyati davomida qabul qilgan xato qarori bo‘lib chiqdi. 3 yil ichida u asosiy tarkibga kira olmay keyinchalik turli jamoalarda ijarama-ijara sarson bo‘lib yuradi. Oxiri barchasidan charchagan Hames 2023 yilda Braziliyaga borib, avvalgi sport formasiga chiqib olishga umid qiladi. Uning futbolda qolib ketgan armonlari ham ko‘p edi. Buni qarangki, taqdir ham unga qayta imkoniyat taqdim etdi. “San-Paulu”da u xaqiqiy lider darajasigacha chiqdi. Garchi, avvalgidek gol va assistlarni qalashtirib tashlamasa xam, jamoasining foydali o‘yinchisiga aylana oldi. Buning ortidan esa kuni kecha yakuniga etgan "Kopa Amerika"da ikkinchi yoshligini o‘tkazdi. 6 ta assist bilan turnirning to‘purariga aylandi, xam eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Balki, transferlar oynasi yakuniga qadar, u yana “ko‘xna qit’a” chempionatlaridan biriga yo‘l olib qolar.
Xulosa sifatida shuni aytamizki, klublar miqyosida ishlari yurishmagan hamma ham omadsiz bo‘lavermaydi. Balki, vatan milliy terma jamoasi ba’zi futbolchilar uchun faoliyatida o‘sishga erishish yoki uni qayta to‘g‘ri tartibga solish uchun imkoniyatlar eshigini ochar. Bugun iloji boricha ana shundaylar toifasiga kiruvchi ayrim futbolchilar xususida to‘xtalib o‘tdik. Siz shundaylar sirasiga kiradigan yana kimlarni bilasiz. Fikrlaningizni albatta yozib qoldiring.
Fikrlar