Velosport bo‘yicha “Tour of Antalya” musobaqasining ilk kuni biz uchun omadli keldi

  • 13.03.2026 06:13
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport

Kuni kecha Turkiyada velosport bo‘yicha “Tour of Antalya” ko‘pkunlik turniri boshlandi. Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk bosqichdayoq sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

145,1 km masofada o‘tkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Sergey Rostovsev marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov hamda Diyor To‘hirov ham ishtirok etishmoqda. Turnir 15-martga qadar davom etadi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!