Asosiy mazmunga oʻtish

Velosport. Hamyurtimiz Italiyada shoxsupaga ko‘tarildi

Bizda hozircha kumush!

Italiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan velosportchilarimizdan yana bir xushxabar. Venetsiya viloyatida o‘tgan  shosse yo‘nalishidagi turnirda hamyurtimiz Nafosat Kozieva shohsupaga ko‘tarildi. 94,77 km masofaga kechgan “SAN GABRIEL GOLD RACE - 2° TROFEO RENZO TONON” poygasida yurtdoshimiz marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Oltin - Silvia Zanardi - (Italiya)

Kumush - Nafosat Kozieva - (O‘zbekiston)

Bronza - Eliza Devallier - (Italiya)

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q