Asosiy mazmunga oʻtish

Velosport

Velosport. Vakillarimiz Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo‘lga kiritishdi

Hozircha kumush va bronza hisobimizda bor.

Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha qit’a birinchiligi boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Hamyurtlarimiz ilk kunning o‘zidayoq shohsupaga ko‘tarilishdi.

Bugungi dasturdan o‘rin olgan aralash jamoaviy estafeta bahslarida sportchilarimiz kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. 30 km masofaga kechgan kattalar o‘rtasidagi poygada Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Evgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboevdan iborat jamoamiz kumush, Asal Rizaeva, Sevinch Yo‘ldosheva, Mohinabonu Elmurodova, Farruh Bobosherov, Diyor Tohirov hamda Kamoliddin Bahriddinovdan iborat yoshlar jamoamiz esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Aralash jamoaviy estafeta, kattalar:
1. Qozog‘iston
2. O‘zbekiston
3. Xitoy

Yoshlar:
1. Qozog‘iston
2. Tailand
3. O‘zbekiston

Manba: MOQ

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q