Velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldik

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tib bormoqda. Bugun o‘tkazilgan bellashuvlar terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Kumush medal mezbon jamoa vakiliga nasib etgan bo‘lsa, gongkonglik B.Leung bronza medali bilan taqdirlandi.

Velotrek. Osiyo chempionati. J.Koreya
Ayollar, ochkolar bo‘yicha guruh poygasi
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston) – 32 ochko
2. A.Na (Janubiy Koreya) – 28
3. B.Leung (Gongkong) – 26

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!