Venesuela terma jamoasi darvozaboni faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin

  • 09.05.2019 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Venesuela terma jamoasi darvozaboni Vuilker Farines "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” skautlari 21 yoshli posbonni 2018 yildan buyon kuzatib kelishmoqda. U kataloniyaliklar safida yozda jamoadan ketishni rejalashtirayotgan Yasper Sillessenning o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Farinesning transfer huquqi Kolumbiyaning "Milonaris" klubiga tegishli. Uning transferi hozirda 5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!