Oʻzbekiston — Venesuela qarama-qarshiligi: avvalgi oʻyinlar natijasi qanday boʻlgan?
Xabaringiz bor, bugun Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "FIFA Series" turniri doirasida Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu ikki jamoa tarixda o‘zaro bir marta o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash kelgan. Bu voqea 2023 yil, 28 mart kuni yuz bergan bo‘lib, o‘sha bahsda 1:1 hisob qayd etilgan.
Dastlab, to‘qnashuvning 7-daqiqasida Alehander Gonsales hisobni ochishga erishgan. 79-daqiqada esa zahiradan maydonga tushgan Jasurbek Yaxshiboev 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirishga, muvaffaq bo‘lgan. Shu orqali, Srečko Katanets murabbiyligidagi jamoamiz bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00’da start oladi!
Fikrlar